Сделать свой сайт бесплатно

Реклама

Создай свой сайт в 3 клика и начни зарабатывать уже сегодня.

@ADVMAKER@

Mustaqillik sharoitida o‘zbek milliy madaniyatining rivojlanishi

Mustaqillik sharoitida o‘zbek milliy 
madaniyatining rivojlanishi 
Har qanday jamiyat taraqqiyoti, uning u yoki bu zamon va 
makondagi darajasi ko‘p jihatdan fuqarolar ma’naviyati, turmush tarzi, 
ma’naviy-moddiy, ijtimoiy ehtiyojlari hamda ularning qay darajada 
qondirilishiga bog‘liqdir. Mustaqillik davrigacha va undan keyingi 
o‘tgan tarixan qisqa muddat ichida ro‘y bergan holatlar, jamiyatning 
ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy-mafkuraviy 
sohasidagi o‘zgarishlar sho‘rolar mustabid tuzumi hamda istiqlol 
yillarida O‘zbekistonning real hayotida xolisona javob izlashga va unga 
erishishga imkon beradi. 
Uzoq ming yilliklar tarixi shundan dalolat beradiki, o‘zbek milliy 
davlatchilik tarixi, eng avvalo, ma’naviyat-ma’rifatning jamiyat hayotida 
muhim o‘rin egallaganligi bilan chambarchas bog‘liqdir. Ushbu azaliy 
an’anaga mustaqillik yillarida ham alohida e’tibor berilishi juda 
ahamiyatli bo‘ldi. Qayd etish lozimki, istiqlolning dastlabki 
davrlaridanoq madaniyatning metodologiyasi o‘zgardi. Agarda, sho‘rolar 
mustabid tuzimi davrida madaniyatning asosiy vazifasi jamiyat 
a’zolarining kommunistik mafkura va soxta g‘oyaga e’tiqodini 
mustahkamlashga safarbar etish bo‘lsa, istiqlol davrida uning maqsadi 
tamomila o‘zgardi.
29.05.2013
Просмотров (201)


Зарегистрированный
Анонимно